DNS nima va qanday ishlaydi? Server turlari va yozuvlari
Assalamu Alaykum bugun DNS qanday ishlashi va u nimaga kerakligini bilib olamiz.
DNS nima va nima uchun muhim?
DNS kengaytmasi Domain Name System ,va barcha sayt nomlari qaysi IP addresslarda turishini biladi va uni bizga aniqlashga yordam beradi. Bu odamlarga saytlarni domain nomi orqali kirishga yordam beradi chunki bir nechta raqamlarni yodlab yurish qiyin (23.44.53.122dan ko'ra medium.com ancha osonroq eslashga) .
DNS server turlari
Bizda bir necha xil DNS server turlari mavjud:
DNS Recursive resolver. So'rovlarni foydalanuvchi nomidan ko'rib chiqadi va amalga oshiradi agarda kerak bo'lsa. Bu sizning internet provider tomonidan yoki ommaviy DNS server orqali bo'lishi mumkin.
Root name servers. Yuqori darajadagi serverlar ,ular domain qidirmaydi faqat boshqa serverlarga(TLD) yo'naltiradi .
TLD server.Aniq bor domain ma'lumotlari bor server ma'lumotlarini saqlaydi , masalan
.com,.net. So'rov kelganda so'rovniauthoritative serverlarga qayta yo'naltiradi.Authoritative servers . Domainga bog'liq bo'lgan yozuvlarni saqlaydi . Bu hamma ma'lumotlar shu yerdan keladi oxirgi nuqta hisoblanadi .
DNS resolver har bir DNS qidirilgan queryda
queryIdorqali keladi va shu bilan kelgan javoblarni ajratib olib foydalanuvchiga qaytaradi.
DNS caching va performance optimizatsiya
Agarda bu so'rovlar har doim shu serverlarga borib kelsa juda ko'p vaqt oladi hamda domain namega mos keladigan IP adresslar ham tez o'zgarmaydi shuning uchun ularni cachelash muhim bu bizga, latencynikamayishiga va DNS serverlarda load kamaytirishga yordam beradi. Xo'sh caching qayerlarda amalga oshadi ? Foydalanuvchi browserida (oldin ishlatilgan domain ip addresslari) , undan keyin OS cacheda undan keyin DNS recursive resolverda ISP darajasida agar bu yerda topilmasa so'ng boshqalardan qidiriladi. Bundan tashqari har bir yozuvda TTL(time to live ) bo'ladi va bu yozuvni qancha vaqt cacheda turishini bildiradi.
Domain nomidagi IPni aniqlash jarayoni
Foydalanuvchi site nomini kiritadi.
Browser shu saytga bog'liq IP undagi cacheda borligini tekshiradi .
OS shu saytga bog'liq IP undagi cacheda borligini tekshiradi
ISP(internet provider) shu saytga bog'liq IP undagi cacheda borligini tekshiradi.
Agarda shu vaqtgacha ma'lumot topilmasa query root serverga yo'l oladi.
Root server uni Top level domain serverga yo'naltiradi .
Top level domain server esa authoritative serverga yo'naltiradi. Uyerda aniq ma'lumot bo'ladi chunki hammasi shu yerda saqlanadi .
Authoritative server IP addressni qaytaradi va hamma cachelanishi mumkin bo'lgan joylarda cachelani foydalanuvchiga qaytib keladi .
DNS yozuv turlari
DNS yozuvlar bu DNS serverlarda domain va hostnamelar haqidagi ko'rsatmalar va har xil yozuvlar har xil maqsadlarda ishlatilinadi. Quyida bir nechtasini ko'rib o'tamiz :
A yozuvi — bu domain nomini IPv4 addressi haqida ma'lumot beradi.
AAAA yozuvi — domain nomini IPv6 addressi haqida ma'lumot beradi.
CNAME(canonical) — bu bir domaindan boshqa domainga yo'naltiradi.
MX yozuvi — yuborilgan email borishi kerak bo'lgan email manzilini ko'rsatadi.
NS yozuvi — domain uchun Authoritative server manzilini beradi
Katta dasturlar uchun DNS muhimligi sabablari
High availabilityni ta'minlaydi :
— DNS orqali serverlani load balancing qilish
— anycast DNS orqali tez IP addressni aniqlash
DNS failover strategiyasi
— primary va secondary DNS serverlari
CDN va DNS
— CDNdan foydalanayotganda DNS eng yaqindagi serverga borishingizga yordam beradi.

Xulosa
DNS bu biz bilmaydigan va ko'rmaydigan internetning bir qismi , u doim orqa tarafdda ishlaydi va bizga oddiy nomlar orqali xohlagan serverlarga ulanish imkoniyatini beradi . Ularsiz biz shu har xil raqamlarni eslab qolishimiz kerak bo'lardi .