IP address nima? IPv4, IPv6 va subnetting
Assalamu Alaykum bugun IP addresslar haqida gaplashamiz .IP versiyalari IPv4 va IPv6 qanday tuzilganini bilib olamiz.
IP address nima ?
Ip address — bu tarmoqda har bir qurilmani aniqlab olish uchun ishlatiladigan identifikatsion raqam va u qurilmalarni bir biri bilan ma'lumot almashishi ga yordam beradi .
IP address strukturasi
IP address bu shunchaki ixtiyoriy raqamlar emas u aniq strukturaga ega , u 2 qismdan iborat :
Network ID: Addressning bu qismi qurilma qaysi qismdagi tarmoqqa tegishliligini aniqlashga yordam beradi . Mahalliy tarmoqdagi hamma qurilmalarda bir xil netwrok ID bo'ladi
Host ID: Addressning bu qismi qurilmani tarmoq ichidan aniqlashga yordam beradi.
Odatiy IPv4 addressda 192.168.1.25 va odatiy subnet mask bilan quyidagicha bo'ladi 192.168.1 bu Network ID va 25 esa Host ID bo'ladi
Routerlar asosan Network IDga qaraydi , ular hamma IP addresslarni bilishi shart emas va bu ID orqali packet borishi kerak bo'lgan manzilga yaqinroqdagi routerga jo'natishadi.
Ip addresslarni 2 ta versiyasi mavjud :
IPv4
IPv6
IPv4
Bu eng ko'p ishlatiladigan Ip address va 32 bitdan iborat 4 qismdan iborat har bir qism octet deb ataladi . Misol 123.23.43.2 . Bu bizga umumiy 4.3 billion addresslarni beradi (Dunyodagi qurilmalarga bu yetmaydi hozirda) .
IPv6: Yangi standart
Address yetishmovchiligi muammosi bo'lganligi uchun IPv6 ishlab chiqilgan.
U 128 bitdan iborat va 2¹²⁸ yoki 340 undecillion (raqamni bilmayman) ajralib turadigan addresslar yaratish mumkin. Bu Yerdagi har bir atomga IP address biriktirilganda ham ortib qoladi.Buning ko'pligidan bizga private tarmoq kerak bo'lmaydi.
Format
U 8 guruhdan iborat 16 sanoq sistemasida yoziladi , har bir guruh ikki nuqta bilan ajratiladi (2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334 ) . 0lar bir necha usullar bilan olib tashlash mumkin (bunda 2 ta asosiy qoida bor) :
Porstiya boshidagi 0larni bemalol o'chirib tashlasha bo'ladi. (2001:0db8:0000:0000:0000:ff00:0042:8329 => 2001:db8:0:0:0:ff00:42:8329)
Agarda 2 ta yoki bir nechat ketma-ket 0 dan iborat porsiyalar bo'lsa
::bilan eng uzunini almashtirsa bo'ladi (Faqat bir marta mumkin). (2001:db8:0:0:0:ff00:42:8329 => 2001:db8::ff00:42:8329)
IPv6 shuncaki katta emas , u yaxshiroq va bir nechta yaxshilanishlarni o'z ichiga oladi :
Stateless Address Autoconfiguration (SLAAC).Qurilma o'z IP addressini generatsiya qila oladi DHCP serverlarsiz.
NAT kerak emas. Juda ko'p addresslar Network address Translation (NAT) zaruriyatni yo'qotadi.
Xavfsizlik. IPv6 da xavfsiz kommunikatisiya talab qilinadi
Yaxshi routing. Kichkinalashgan va osonlashga packet headerlar routerlar tomonidan tezroq process qilinadi.
NAT haqida maqola to'liqroq bilib olish uchun .
Static va Dynamic IP Addresslar
IP addresslar 2 xil uslubda berilishi mumkin:
Static IP: statik IP address qo'lsa to'g'rilangan bo'ladi va o'zgarmaydi. Bu serverlar , printer yoki shunga o'xshash qurilmalar bir xil addresslar orqali ularga ulanish uchun qilinadi. Ular ishonchli bo'ladi ammo qo'lda boshqarilishi kerak.
Dynamic IP: bu dinamic IP addresslar DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol)serverlar tomonidan avtomatik beriladi. Juda ko'p kompyuter va telefonlar shu ipni olishadi. Bu address sizga ma'lum muddatga beriladi va undan keyingi bog'lanishda o'zgaradi. Bu juda ko'p qurilmalarni boshqarishda yordam beradi.

Subnetting
Bundan tashqari bizda IPv4 da subnet mask ham mavjud bu bitta IP dan bir nechta device birdaniga foydalanishiga yordam beradi va mahalliy tarmoqni ulaydi . Bizda a.b.c.d/x tarmoq bo'lsa x bu yerda network uchun ketgan bitlar sonini biladiradi 192.168.254.0/24 bo'lsa boshidagi 3ta raqam netqrok qismi va qolgani hostlar uchun ishlatilsa bo'ladi. Biz buni subnet(subnet mask) deb ataymiz . Bu routerga qurilma o'zining subnetdami yoki tashqaridami bilib olishga yordam beradi agar tashqarida bo'lsa so'rov default gatewayga yo'naltiriladi.
Masalan sizda server va databaza alohida subnetlarda bo'lsa o'rtada router bu so'rovlar to'g'ri yetiborishini taminlaydi ammo so'rovlar sooni ko'paygan payt sekinlashadi va databaza so'rovlar sekinlashishi mumkin.
Subnet bizga o'zimizni private tarmoq yaratishga yordam beradi va faqat bir IP orqali public tarmoqga chiqa oladi.
Loopback va Maxsus Addresslar
Public va private IP addresslardan boshqa maxsus sabablar uchun ishlatiladigan IP addresslar ham mavjud:
Loopback Address:
127.0.0.1(IPv4) va::1(IPv6). Bu localhost nomi bilan ham tanilgan va shu qurilmani o'zini bildiradi. Bu dasturlarni test qilish uchun foydalaniladi.Broadcast Address: Bu address subnetdagi barcha qurilmalarga xabar yuborish uchun ishlatilinadi. (
192.168.1.255)Link-local Address:
169.254.0.0/16oraliq. Agarda qurilma DHCP uchun mo'ljallangan ammo DHCP server topolmasa mahalliy tarmoq bilan aloqa qilish uchun shu oraliqda o'ziga IP oladi .Multicast Addresses: Bir qism addresslar one-to-many uslubida ishlatish uchun , bir packet bir necha qurilmaga birdaniga yuboriladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak biz har doim IP addresslarni ishlatamiz , serverda, telefon foydalanuvchilarni ajratib olishda va bu odatda IPv4 bo'ladi chunki hali IPv6 uchun hamma routerlar tayyor emas.