TCP slow start nima va qanday ishlaydi?
Assalamu Alaykum ,bugun TCP slow start nimaligi va uning dasturga ta’siri haqida gaplashamiz.TCP slow start bu TCP ning bir xususiyati (feature) bo`lib tarmoqdagi tirbandlikni boshqarishga yordam beradi.
U qanday ishlaydi ?
TCP handshakedan so'ng TCP tarmoq orqali juda kichik sonda paketlarni jo'natishni boshlaydi . Agarda server ularni yetib kelganini tezda tasdiqlasa ,paketning soni tezlik bilan oshirib borilaveradi .Bu holatni toki server paketlarga acknowledgement(yetib kelganini tasdiqlay olmay ) yuborolmaydigan yoki boshqa muammolar kelib chiqqancha davom ettiramiz shu payt TCP bu yetarli deydi va shu paytdan boshlab sekinlik bilan packetlar sonini oshiradi .

Afzalligi
Buning yaxshi tomoni siz yo'lda ya’ni tarmoqda paketlar yo'qolishi va boshqa muammolarga duch kelmagan holda o'zingizni qoniqtiradigan performancega chiqa olasiz.
Muammo
Agarda handshakedan so'ng darhol juda katta hajmdagi malumot yubormoqchi bo'lsangiz siz performance pastligini his qilishingiz mumkin.Masalan sizda 5GB malumotni darhol uzatish kerak buni server va foydalanuvchi qurilmalari tomondan iloji bor ammo TCP slow start tufayli bu jarayon sekinlashadi va TCP qizib olishi yani kattaroq sondagi packetlarni uzatishni boshlashi bir muncha vaqt talab etadi.Bu muammo qachonki siz handshakedan so'ng darhol juda katta hajmdagi POST so'rovlar jo'natganda kelib chiqishi mumkin va har doim faqatgina boshlanishida .Oddiy GET so'rovlarda buni siz his qilmaysiz.
Yechim
Bazi providerlar TCP connection ochib ularda shunchaki malumot almashib turishadi qachonki yangi so'rov kelganda maummoga uchramaslik uchun.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak TCPning bu xususiyati so'rovlarga javobni sekinlashtiradi ammo biz server yoki tarmoqni birdani katta malumot bilan qulatib yuborishimizni oldini oladi.
E’tiboringiz uchun rahmat, xato va kamchiliklar uchun uzr so`rab qolaman!!!