Terminal nima? Boshlang'ich buyruqlar

Assalamu Alaykum bugun hammaga juda kerakli va dastruchilar juda ko'p vaqtini sarflaydigan terminal haqida bafurcha ko'rib o'tamiz.

Bugungi maqolada :

  1. Terminal bizga nimaga kerak ?

  2. Prompt nima?

  3. Command line nima ?

  4. GUI nima ?

  5. Boshlang'ich buyuruqlar.

kabi savollarga javob olamiz.

Terminal nimaga kerak ?

Biz dasturchi sifatida terminal juda ko'p joylarda ishlatamiz biz qurayotgan dasturlarni ishga tushurishda ular haqida ma'lumotlar olish va hattoki fayllarni o'chirish yaratish va juda kop` boshqa murakkab narsalar uchun ishlatishimiz mumkin.

Prompt — bu siz terminalni ochgan paytingizda kursordan oldin turadigan yozuv bu odatda siz turgan joy yo'nalishi bo'ladi (buni xohlagan narsaga o'zgartirish mumkin).Promptdan asosiy maqsad siz qayerda yoki nima qiloyotganingiz haqida sizga ma'lumot berishdan iborat.

Promptni o'zgartirish :

PS1=something

Command line — bu siz yozayotgan yoki kompyuterga berayotgan yozuvlar bo'limi.

Terminal — bu xuddi shu biz ishlatayotgan dastur (appliaction) va u bizga kompyuterimizga buyuruqlar berishga yordam beradi.Va bu orqali biz xohlagan vazifalarni berib uni amalga oshirishimiz mumkin.

Bunda misol kompyuterni o'chirib yoqish internetga ulanishlarni o'zgartirish bir necha fayllarni yaratish va boshqalar …

Prompt · command line · terminal
Prompt · command line · terminal

GUI (Graphhical User interface) — bu siz operatison sistemani ishga tushirganda ko'rinadigan hamma narsa ,masalan fayl manager , telegram va siz ko'rib ishga tushiradigan dasturlar.(terminaldan tashqari qilinadigan narsalar).

Siz terminal orqali GUIdagi barcha ishlarni qilishingiz mumkin lekin GUI bu foydalanuvchiga qulaylik uchun hamda hamma ham terminal ishlatishni yoqtirmasligi yana shaxsiy kompyuter ommalashishi natijasida kelib chiqqan.Lekin GUI bazida terminal ishlatganchalik foydali bo'lmaydi masalan bir necha faylni yaratish birdaniga va ularga malumotlar yozish va shu kabilar.

Boshlang'ich buyuruqlar

mkdir papka nomi //Papka yaratish uchun
pwd //Hozirgi turgan papka joylashuvi ko`rsatadi

cd file path //Hozirgit turgan joylashuvni o`zgartirish

touch file nomi //file yaratish uchun

echo nimadir // siz yozgan yozuvni qaytaradi

mv file path //file boshqa joyga ko`chirib o`tkazadi yoki nomini o`zgartiradi mv index.html html

ls //ushbu papka ichidagi fayllarni ko`rish

clear // terminalni tozalash

vim file nomi //faylni o`zgartirish (nano ham bor)

cat file nomi // fayl ichidagi ma`lumotlarni ko`rish

rm file nomi // faylni o`chiradi

man buyruq // buyruq haqida dokumentatsiya ochiladi

Agarda sizga bitta fayl yaratish kerak bo'lsa buni GUI orqali qilishingiz oson ammo 50 ta faylni yaratishchi .

Quyidagi buyruq orqali buni tezda amalga oshirish mumkin.

for i in {1...50}; do touch "index$i.html";done //for loopni ishlatish

Hattoki terminalda o'zingiz uchun o'zgaruvchilar yaratish imkoniyati mavjud .

o'zgaruvchilar (variables)
o'zgaruvchilar (variables)

Bir juda qiziq fakt biz ishlatayotgan hamma buyruqlar bu shunchaki oldindan yo'zib qoyilgan dasturlardir buni usr/bin papkasida ko'rishingiz mumkin . Ya'ni biz shu buyruqlarni berayotganda shu papka ichidagi dasturlar ishga tushadi.

/usr/bin — buyruqlar = dasturlar
/usr/bin — buyruqlar = dasturlar

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak terminal juda kuchli dastur bo'lib bizga murakkab narsalarni amalga oshirishda va odatda. qayerdandir server sotib olganingizda unga ssh orqali ulanib faqatgina terminal orqali buyruq bera olganingizda ko'p yordam beradi.

Ba'zi buyruqlar Windows foydalanuvchilari uchun ishlamasligi mumkin .

E'tiboringiz uchun rahmat !!